Freedom Payment poytaxt idorasida ishchilarning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarga javob berdi
Freedom Payments xalqaro toʻlov xizmati oʻz xodimlarining Toshkentdagi ofisida ushlangani haqidagi maʼlumotlarga munosabat bildirdi, deb yozadi «Gazeta.uz»
Avvalroq nashr xalqaro kompaniya ofis binosiga niqobli odamlar kelgani, ayrim ishchilar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.
«Freedom Technologies» kompaniyalar guruhi bosh direktori Roman Minikeyevning so‘zlariga ko‘ra, 3-avgust kuni o‘tkazilgan tekshiruv «xorijiy kompaniyalar va banklar tomonidan mamlakatdan kapital olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha davlat organlarining standart tartibi bilan bog‘liq.»
Kompaniyaning aytishicha, tashkilot odatdagidek ishlamoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda ommaviy IPO oʻtkazadigan kompaniyalar roʻyxati tasdiqlangan edi. Freedom Finance potentsial anderrayterlar ro‘yxatida.