Kuba kompaniyalar uchun naqd pul operatsiyalarini chekladi
Kuba markaziy banki davlat va xususiy kompaniyalarga bankomatlardan foydalanishni va naqd puldan foydalanishni chekladi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Regulyator ushbu choralarni iqtisodiy inqiroz sharoitida inflyatsiyani, norasmiy biznesni cheklash maqsadida qabul qildi. Gavana bu yil Ozodlik orolida narxlar 45 foizga oshishini bashorat qilmoqda.
Kuba Markaziy banki, shuningdek, kompaniyalar o‘rtasida elektron yig‘imlar va to‘lovlarni amalga oshirishga chaqirdi.
Yangilangan qoidalar 3-avgust, payshanba kunidan kuchga kirdi. Shu bilan birga, naqd pul operatsiyalari 5 ming peso bilan cheklanadi.
Orol davlati hukumati dollar kursini 24 peso, ayrim tadbirkorlar, sayyohlar va mahalliy aholi uchun esa 120 peso qilib belgilagan. Biroq, Amerika valyutasining qora bozorida ular 230 peso so‘rashadi.
Inqiroz davlat bank tizimiga ishonchsizlikni keltirib chiqardi, natijada tadbirkorlar foydalanadigan ayrim bankomatlarda naqd pul tanqisligi yuzaga keldi.