Qozog‘iston Afg‘onistonga O‘zbekistonni chetlab o‘tgan holda un tashishga qaror qildi
Qozog‘iston Afg‘onistonga un va don tashish yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Yuqori tariflar tufayli Qozog‘iston Respublikasi Turkmanistonning Turg‘undi o‘tish joyi foydasiga O‘zbekiston G‘alaba bekati orqali tranzitdan voz kechishni rejalashtirmoqda.
«Qozog‘iston temir yo‘li» AJ Turkmaniston bilan Turkmaniston hududi orqali tranzit tarifi uchun mavjud 30 foizga 10 foiz miqdorida qo‘shimcha chegirmalardan foydalanishni allaqachon muhokama qilgan. Shu tariqa Qozog‘iston afg‘onlarga mahsulot eksporti hajmini oshirishga umid qilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Qozog‘istonga G‘alaba stansiyasi orqali un va g‘alla logistikasi bo‘yicha 20 foizlik chegirma taqdim etmoqda, biroq eksportchilar transport narxini hamon yuqori deb hisoblamoqda.
Iyul oyi oʻrtalarida Qozogʻiston Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonga tranzit temir yoʻl tashish tariflarini kamaytirishni soʻragan edi. Keyin qo‘shni davlatlar chora-tadbirlar ishlab chiqadigan va maqbul narxlarni belgilovchi maxsus guruh tuzishga kelishib oldilar. 2023-yilning birinchi yarmida Qozog‘iston O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistonga 275 ming tonna mahsulotni olib o‘ta oldi.