Alisher Usmonov: Sanksiyalar mening obro‘yimga putur yetkazdi

eʼlon qilindi
Katta zararni qayd etdi

O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Italiyaning Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida sanksiyalar uning obro‘siga putur yetkazganini aytdi.

Foto: Andrey Epixin / TASS

«Ular nafaqat menga, balki oila aʼzolarimga, men aksiyador boʻlgan kompaniyalarga, ularning xodimlariga va xayriya va rivojlanish loyihalarimdan yordam olgan oʻn minglab odamlarga ham taʼsir qiladi. Ular orasida kasallar, muhtojlar, san’atkorlar bor. Mening obro‘yimga yetkazilgan zarar ko‘rinib turibdi: bu juda katta», — dedi tadbirkor.

Italiyadagi «muzlatilgan» mulk haqidagi savolga javob berar ekan, Usmonov Rim unga qarshi sanksiyalar qo‘llaganidan xafa bo‘lganini aytdi. Milliarderning qo‘shimcha qilishicha, «do‘stlar o‘zini bunday tutmaydi».

«Ammo men siyosat siyosat ekanligini tushunaman. Men Italiyaga bo‘lgan muhabbatni, bolaligimda kuylagan qo‘shiqlarimni, futbolchilarni unutmayman, hatto italiyaliklardek qilichbozlik qilishni orzu qilardim», – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi tadbirkor.

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, 6-avgust holatiga ko‘ra, Usmonovning boyligi 18,6 milliard dollarga baholangan.

U 2022-yil fevral oyi oxirida Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan keyin Yevropa sanksiyalari ostida qolgan edi. Keyinchalik, AQSh va Buyuk Britaniya uni o‘sha yilning mart oyi boshida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.

Avvalroq, “Kursiv» Usmonov o‘tgan yili dividendlardan 64,7 milliard rubl yoki 708,7 million dollar ishlab topganini yozgan edi.

Shuningdek