Eronliklar Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ucha oladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Birinchi parvoz 9-avgustga belgilangan

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi 2023-yil 9-avgustdan boshlab Tehron va Toshkentni toʻgʻridan-toʻgʻri reys bilan bogʻlaydi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Foto: Jetphotos

Parvozlar haftada bir marta, har chorshanba kuni amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar qulay Airbus A320 samolyotlarida tashiladi. Qeshm Air aviakompaniyasi 1993-yilda tashkil topgan va Eron poytaxtida joylashgan.

9-avgust kuni Tehrondan Toshkentga eng arzon narxlardagi reyslar Wizz Air va Air Arabia Abu Dhabi aviakompaniyalari tomonidan Abu-Dabi aeroportida (BAA) transfer bilan amalga oshiriladi. Parvoz 2,7 million so‘mga tushadi.

Avvalroq, «Kursiv» 1-avgustdan Panorama Airways O‘zbekistondan Madinaga (Saudiya Arabistoni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek