Amerikaning Meta texnologik korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg milliarder Ilon Maskni 26-avgust kuni jangga taklif qilganini aytdi. Bu haqda Sukerberg Threads ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan xabarida yozgan.
«Men bugun ham tayyorman. U (Mask – Tahr.) meni birinchi marta duelga chorlaganida, 26-avgust sanasini taklif qildim, lekin u buni tasdiqlamadi», deb yozdi Meta rahbari.
Avvalroq, Kursiv Sukerberg va Mask MMA (aralash yakkakurashlar) qoidalari bo‘yicha duel o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqida yozgan edi. «Jangchilar» turli vazn toifalarida: Mask Sukerbergdan 31 kilogramm og‘irroq. Shu bilan birga, Tesla va Neuralink asoschisi ozish niyatida emas. Sukerberg ham, Mask ham ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda jangga qanday tayyorgarlik ko‘rishlari haqida gapirib, ma’lum qilishadi.