O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga viza olish uchun onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qirollik O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun elektron viza dasturini kengaytirdi

Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi 6-avgust kuni sakkiz davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga elektron vizalar berish dasturi kengaytirilganini ma’lum qildi. Bu haqda departamentning X (sobiq Twitter)dagi sahifasida aytilgan.

Foto: Unsplash

Bu roʻyxatga mamlakatimizdan tashqari Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Qirgʻiziston, Maldiv orollari, Janubiy Afrika Respublikasi va Tojikiston ham kiradi.

Agentlikning qayd etishicha, ushbu mamlakatlar fuqarolari tashrif vizasi uchun onlayn yoki Saudiya Arabistoniga xalqaro kirish portlarida murojaat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, kirish ruxsatnomasi mo‘minlarga umra (kichik haj), xizmat safari va qarindoshlarini ziyorat qilish imkonini beradi.

Elektron viza dasturi Ar-Riyod tomonidan 2019-yilda boshlangan va birinchi bosqichda 49 davlatni qamrab olgan bo‘lsa, endilikda 57 davlat fuqarolari kirish ruxsatnomalarini olishlari mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Saudiya Arabistoni ziyoratchilar sonini oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek