Fitch Solutions: investitsiyalar va mehnat muhojirlariga boʻlgan talab Oʻzbekiston YaIM oʻsishini qoʻllab-quvvatlamoqda
Fitch Solutions: «2023-yilda O‘zbekistonda o‘sish o‘zbek ishchi kuchiga bo‘lgan talab va sarmoya oqimi bilan bog‘liq” – 2023-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 5 foizni tashkil etadi, bu haqda Fitch Solutions materialidan kelib chiqadi. 2023-yilning birinchi choragida Rossiyaga ishlash uchun yuborilgan mehnat muhojirlari soni 630 ming kishiga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 72 foizga ko‘pdir. Bu shuni ko‘rsatadiki, pul o‘tkazmalari o‘sishning orqa shamoli bo‘lib qoladi.
«Nezavisimaya gazeta»: «Afgʻon triosining Ashxoboddagi debyuti» – turkman siyosatshunosi Serdar Aytakov oʻz ruknida suv muammosi Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmanistonni birlashtirganini taʼkidladi. Uning fikricha, Tolibonning Qo‘shtepa kanalini qurish loyihasi Markaziy Osiyoning uch davlati rahbarlarining favqulodda yig‘ilishiga sabab bo‘lgan.
The Telegraph: «Nega endi O‘zbekistonni Dubayga aylanmasdan oldin kashf qilish vaqti keldi» – Britaniyaning The Telegraph nashri jurnalisti Jeyms Draven Samarqandga tashrifi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning qayd etishicha, eng qadimiy shaharlardan biridagi yangi arxitektura loyihalari mamlakatlarda qurilgan binolardan ilhomlangan, ammo shahar Dubay xatolarini takrorlamaslik imkoniyatiga ega.
«Hech bo’lmaganda O‘zbekistonda o‘tmishni bugungi kunga to‘qishga urinishlar bor», – deydi Draven.
«RIA Novosti»: «Rossiya MDH davlatlari o‘yinlarida uchinchi medal kunida 23 ta sovrinni qo‘lga kiritdi» – O‘zbekiston terma jamoasi MDH davlatlari o‘yinlarida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Sportchilarimiz 33 ta medal qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shundan yettitasi oltin.