Qozog‘istonning Magnum Cash & Carry LLP riteyleri «Majid Al Futtaim» MChJning O‘zbekistondagi 100% aksiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ikkinchisi O‘zbekistondagi Carrefour supermarketlar tarmog‘ining egasi. Bu haqda «Kursiv»ga Magnum matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, Oʻzbekistondagi barcha Carrefour doʻkonlari Magnum brendi ostida ish boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik riteyler O‘zbekiston bozoriga 2021-yil oxirida kirib kelgan. 2022-yil sentabr oyida kompaniya bosh direktori Azamat Osmonov 2023-yilda ikkita do‘kondan tashqari yana ikkita do‘kon ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
«Toshkentliklarning ko‘pchiligi Magnumga xarid qilish uchun maxsus kelishadi. Shu bois O‘zbekistonda tarmoqni yanada rivojlantirishni rejalashtirganmiz», – dedi Osmonov.
East-Fruit portali maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil dekabr oyida Magnum oʻzbek riteylerlari orasida oʻrtacha chek boʻyicha yetakchiga aylandi. Qozog‘iston tarmog‘i do‘konlarida o‘zbekistonliklar o‘rtacha 18,2 dollarga mahsulot xarid qilishgan.
O‘zbekistonda Carrefour supermarketlar tarmog‘i o‘tgan yil oxirida ish boshlagan. Aytish joizki, u mamlakat bozoriga kirgan birinchi xalqaro riteyler edi.
«Uning O‘zbekistondagi muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi boshqa investorlar va ayniqsa, xalqaro chakana biznes uchun muhim signal bo‘ladi», dedi o‘sha paytda FAO investitsiya departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmak.
Avvalroq, «Kursiv» Magnum O‘zbekiston bozorida qanday raqobatchilar va qiyinchiliklarga duch kelishi haqida yozgan edi.