Yangiliklar

Mirziyoyev Pokiston bilan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Respublikasi rahbari ratifikatsiya to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Foto: Middle East Monitor

Hujjat o‘tgan yil mart oyi boshida Mirziyoyevning Pokiston poytaxti Islomobodga tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida Pokiston 7-o‘rinni egallagan. Mudofaa byudjeti 7,5 milliard dollarga baholanmoqda.Mamlakat yadro quroliga ham ega.

Pokiston harbiy-sanoat majmuasi qisqa va oʻrta masofaga uchuvchi ballistik raketalar, turli turdagi oʻq-dorilar, zirhli mashinalar ishlab chiqarishga qodir.

Sanoatda samolyotlar ham ishlab chiqariladi, xususan, JF-17 qiruvchi-bombardimonchi va razvedkachi dronlari Pokiston Aeronavtika majmuasi (PAC) ob’ektlarida yig’iladi.

«Kursiv» O‘zbekiston BMTning konfessiyalararo bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi hammuallifiga aylangani haqida yozgan edi.