Pomidor narxlari oʻrtacha 30,5 % ga arzonlashgan
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Oxirgi bir oyda
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning iyul oyida pomidor narxlari iyun oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 30,5 % ga arzonlashgan.
Pomidor narxlari 2023-yil boshidan buyon oʻrtacha 45,4 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

2023-yilning iyul oyida oʻtgan oyga nisbatan:
Bodring narxlari – oʻrtacha 8,1 % ga oshgan.
Baqlajon narxlari – oʻrtacha 37,7 % ga arzonlashgan.
Sabzi narxlari – oʻrtacha 5,9 % ga oshgan.
Piyoz narxlari – oʻrtacha 20,2 % ga arzonlashgan.
Kartoshka narxlari – oʻrtacha 14,5 % ga arzonlashgan.