Anomal Toshkent. Poytaxtda nega tez-tez chiroq o’chadi

eʼlon qilindi
Kursiv jamoasi oydinlik kiritdi

Toshkent shahri quyosh tig’ida kuyishdan tashqari tez-tez elektr energiyasisiz qolmoqda. Poytaxt shahar bo’lishiga qaramay, chiroq o’chib qolish sabablariga Kursiv jamoasi oydinlik kiritdi.

Poytaxt  oyiga qancha sarflaydi?

Energetika vazirligining xabar berishicha, o’tgan yilning xuddi shu mavsumida xavo xaroratining eng yuqori ko’rsatkichi sutkasida 224 million kVt/soat energiya sarfini qayd etgan. Joriy yilning iyul oyida esa 250,7mln kVt/soatga yetdi. Ushbu natija raqamlarda 5,8 % ni tashkil etadi. Holat Toshkent shahri uchun tarixiy xisoblanib, energiya sarfining yuqori ko’rsatkichi odatda kuz-qish mavsumiga to’g’ri kelar edi. May oyida prezident raisligidagi joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Unda yoz oylarining eng issiq kunida kunlik talab 225 kVt/ soatga teng bo’lishi mumkinligi prognoz qilingan edi. Undan tashqari yig’ilishda yoz oylarida elektr tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, yuklama oshib ketishi natijasida ularning ishdan chiqishini oldini olish choralarini o‘z vaqtida ko‘rib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Mart oyida esa Toshkent shahrida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trillion so‘m ajratilgan edi. Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilash va rekonstruksiya qilish, 5 ta yangi podstansiya qurish reja qilingan.

Ayb kimda?

Energetika vazirligining rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra may oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish ko’rsatkichlari respublikada ushbu davrda 13.8 mlrd kv.soat elektr energiyasini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1.4 mlrd kv.soat yoki 11.6 foiz ko‘p. Iste’molchilarga 12.1 mlrd kVt/soati yetkazib berilgan, mazkur ko‘rsatkich 2022-yilning shu davridagiga nisbatan 1.1 mlrd kVt/soat yoki 9.6 foiz ko‘p.

O’rinli savol paydo boladi, nega unda joylarda elektr energiyasi tez tez o’chib qolyapti? Ushbu savol yuzasidan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyevga yuzlandik.

“Joriy yilning yoz mavsumida Toshkent shahrida havo haroratining anomal isib ketishi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida iste’mol yuklamasi ortishi natijasida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari ochiq quyoshda joylashgan elektr tarmoqlari bugungi anomal issiq sharoitida ularning ishlashi uchun mo‘ljallanmagan haroratgacha qiziydi. Ana shu vaziyatda energotizimda keng ko‘lamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish maqsadida zarur choralar ko‘radi»,- deydi Faxriddin Nuraliyev.

Uning aytishicha keyinchalik vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormasligi uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga to‘g‘ri keladi.

Endi esa tanganing ikkinchi tomoni ko’ramiz. Elektr uzatish qurilmalarining yaroqlilik muddati o’tib ketayotganligi favqulodda uzilishlarga sabab bo’lish holatlari.

Toshkent shahri tumanlar kesimida 110 kv kuchlanishli kuch transformatorlari va ularning texnik xolatiga ko’ra umumiy 30,5 % 40 yil, 36,6 % 25-40 yil, 18,3 % esa  10-25 yil, 14,6 % esa 10 yildan beri ishlab kelmoqda.

Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, elektr uzatish qurilmalarining salmoqli qismi juda eski. Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi sarfi ortib ketishini hisobga olgan holda hozirdan soha mutasaddilari joylardagi nosozlikoarni bartaraf etishmoqda.

Kim yetakchi?

Faxriddin Nuraliyevning so’zlariga ko’ra Toshkentda elektr energiyasi iste’molining salmoqli qismi yuridik shaxslarga to’g’ri keladi. Qulay mexnat sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlari talabi, turli maishiy xizmat faoliyati katta miqdorda elektr tokini talab qiladi. Korxona xamda ofislarda elektr energiyasi  ehtiyoj hajmi jismoniy shaxslarnikidan ancha yuqori. Tumanlar kesimida ko’rib chiqadigan bo’lsak, Mirzo Ulug’bek tumanida eng ko’p elektr toki iste’molchilari ro’yxatga olingan  bo’lib, ushbu ko’rsatkich 4318 tani, Yunusobod tumanida 3980 tani,  Mirobod tumani 3965 tani qayd etib kuchli uchlikni tashkil etadi. Keyingi o’rinlarda esa Olmazor, Chilonzor, Yashnobod, Yakkasaroy, Uchtepa, Sergeli tumanlari band etgan. Eng past ko’rsatkich esa Yangi Hayot va Bektemir tumanlariga to’g’ri keladi.

«Quyoshli» 1000 so’m

Mamlakatimizda muqobil energiya manbalarini joriy etish uchun keng ko’lamli ishlar amalga oshirilyapti. Qayta tiklanadigan yashil energiya orqali esa tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Energetika vazirligining xabar qilishicha respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan umumiy quvvati 240 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimlari o‘rnatilgan.

Natijada respublika bo‘yicha iste’mol nuqtalarida bir sutkada qo‘shimcha 1,1 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

O‘rnatilgan quyosh panellarining 31,7 MVt quvvatga teng qismi Toshkent shahriga tegishli bo‘lib, poytaxt iste’mol nuqtalarida bir sutkada qo‘shimcha 152 ming kVt/soat (shahar umumiy kunlik iste’molining – 0,6% qismi) elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Bundan tashqari  yuridik va jismoniy shaxslar quyosh panellari ishlab chiqargan elektr energiyasining ehtiyojidan ortiqcha qismini davlatga har bir kubometr uchun 1000 so’m miqdorida sotish imkoniyatiga ega. Hukumat tomonidan quyosh paneli o’rnatadigan hamda ularga texnik xizmat ko’rsatadigan korxonalarga soliq va bojxona sohalarida qator imtiyoz va subsidiyalar berish yo’lga qo’yilgan bo’lib bu imkoniyatdan ba’zi yurtdoshlarimiz foydalanishmoqda.

Bundan tashqari shaharning Mirobod tumanida davlat tomonidan Shimoliy vokzal va Toshkent metro bekatlari yonida quyoshli avtobus bekatlari foydalanishga topshirildi. Uning tom qismi quyosh panellari bilan jihozlangan bo’lib, u ishlab chiqargan elektr energiyasi bekatni yoritishga hamda elektron tabloni ta’minlashga xizmat qiladi.

Sohadagi kamchilikliklarga sabab bo’layotgan omillar yaqin yillarda bartaraf etilishi kutilmoqda.

Shuningdek