Poytaxt doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Toshkent aholisi 2 999 500 kishidan iborat bugungi kunda

Toshkent shahri aholisi uzluksiz va tinimsiz ortib bormoqda.

Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyul holatiga mamlakat poytaxtida doimiy aholi soni 2 mln 999 500 kishini tashkil etmoqda. 

Manba: kursiv.media / Roman Fedotov

Bunda:

– erkaklar soni – 1 mln 471700 kishi;

– ayollar soni – 1 mln 527 800 kishini tashkil qilmoqda.

Shahar hududlari kesimida esa 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida – 395 ming kishini tashkil etadi.

Eng kam aholi soni esa Bektemir tumanida qayd etilgan – 55,7 ming kishi.

2023-yil 1-iyul holatiga hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi quyidagicha ko’rinishda:

Olmazor tumanida – 395 ming kishi

Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi

Shayxontohur tumanida – 360,5 ming  kishi

Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi

Uchtepa tumanida – 293,5 ming  kishi

Yashnobod tumanida – 289,4 ming  kishi

Chilonzor tumanida – 271,9 ming  kishi                          

Yangihayot tumanida – 161 ming kishi

Mirobod tumanida – 150,1 ming  kishi

Sergeli tumanida – 162,3  ming  kishi

Yakkasaroy tumanida –126,9 ming  kishi

Bektemir tumanida – 55,7 ming  kishi.

Shuningdek