Toshkent shahri aholisi uzluksiz va tinimsiz ortib bormoqda.
Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyul holatiga mamlakat poytaxtida doimiy aholi soni 2 mln 999 500 kishini tashkil etmoqda.
Bunda:
– erkaklar soni – 1 mln 471700 kishi;
– ayollar soni – 1 mln 527 800 kishini tashkil qilmoqda.
Shahar hududlari kesimida esa 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida – 395 ming kishini tashkil etadi.
Eng kam aholi soni esa Bektemir tumanida qayd etilgan – 55,7 ming kishi.
2023-yil 1-iyul holatiga hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi quyidagicha ko’rinishda:
Olmazor tumanida – 395 ming kishi
Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi
Shayxontohur tumanida – 360,5 ming kishi
Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi
Uchtepa tumanida – 293,5 ming kishi
Yashnobod tumanida – 289,4 ming kishi
Chilonzor tumanida – 271,9 ming kishi
Yangihayot tumanida – 161 ming kishi
Mirobod tumanida – 150,1 ming kishi
Sergeli tumanida – 162,3 ming kishi
Yakkasaroy tumanida –126,9 ming kishi
Bektemir tumanida – 55,7 ming kishi.