So‘m almashuv kursi devalvatsiyasi biroz tezlashdi

eʼlon qilindi
Regulyator sababni tushuntirdi

Markaziy bankning ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda ichki valyuta bozorida so’mning devalvatsiya sur’atining biroz tezlashishi kuzatilmoqda. Regulyator sababni tushuntirdi.

Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.
Natijada eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy taʼsir ko‘rsatdi.

Ammo Markaziy bank xavotirga sabab yo‘q, deb ishontirdi. Chunki regulyator zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib borilishini ma’lum qildi.
Xabarda, shuningdek, mazkur to‘g‘rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib kelishi va muvozanatli kurs valyuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o‘sishida samara berishi aytib o’tildi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv so‘mning qadrsizlanishiga importning ko‘payishi ham ta’sir qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek