Xitoy kompaniyalari Nvidia chiplari uchun 5 milliard dollar sarflaydi

eʼlon qilindi
Biznes yangi eksport cheklovlariga tayyorlanmoqda

Xitoyning texnologiya kompaniyalari Amerika Qo’shma Shtatlaridan eksportga yangi cheklovlar qo’yilishidan qo’rqib, amerikalik Nvidia ishlab chiqaruvchisidan yuqori unumli chiplarni sotib olishga shoshilishmoqda, deb ma’lum qildi Financial Times.

Foto: Reuters

1 milliard dollarlik 100 ming protsessorga buyurtmalar Baidu, ByteDance, Tencent va Alibaba kompaniyalari tomonidan berilgan. Bundan tashqari, Xitoy kompaniyalari chiplarni yetkazib berish uchun jami 4 milliard dollar to‘lashdi, tovarlar 2024-yilda yetib borishi kerak.

Kompaniyalar Nvidia’dan A800 grafik protsessorlarini sotib olishmoqda. Ular Xitoyga eksporti cheklangan zamonaviy ishlanmalarga qaraganda yomonroq xususiyatlarga ega. Keyingi chora-tadbirlar jarayonida A800 ni Xitoyga olib kirish ham taqiqlanishi mumkin.

Xitoy korxonalari sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish uchun Amerika chiplariga muhtoj.

«Ushbu Nvidia chiplarisiz (A800 – Tahrir), biz biron bir asosiy til modelini o’qitishni davom ettira olmaymiz», dedi Baidu manbasi nashrga.

A800 ga bo’lgan talab chip narxining oshishiga olib keldi. Distribyutorlarning ma’lumotlariga ko’ra, tovarlarning narxi 50% dan oshgan.

Kursiv avvalroq Nvidia kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshganini yozgan edi. Sababi yuqori unumdorlikdagi protsessorlarni talab qiluvchi sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqish ortib bormoqda.

Shuningdek