Yangiliklar

Inflyatsiyani jilovlash uchun tuman hokimlari shaxsan javobgar bo‘ladi

Ayrim hududlarda pomidor 2 barobar qimmatlagan

Inflyatsiyani jilovlash uchun tuman hokimlari shaxsan javobgar bo‘ladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida o’tkazilgan selektor yig’ilishida to’xtalib o’tdi, xabar beradi davlat rahbari matbuot kotibi o’z telegram kanalida axborot berdi.

Manba: Prezident matbuot kotibi

Iyul oyida yillik inflyatsiya darajasi 8,9 foizni, oziq-ovqat mahsulotlarida esa 10,7 foizni tashkil qildi. Bu borada kartoshka, piyoz, un va yog‘ mahsulotlari o‘tgan yilga nisbatan arzonlashgani muhim omil bo‘ldi.

Shuningdek, takroriy ekin ekish ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagani bois ayrim hududlarda sabzi narxi 52 foizgacha oshgan; pomidor 2 barobar qimmatlagan; bodring narxi 1,7 barobargacha o‘sganligi alohida keltirildi.

Respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 44 ming gektarga kartoshka takroriy ekin sifatida ekilgan.

Yig‘ilishda bundan buyon tuman hokimlari hududida inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javob berishi taʼkidlandi.

Shu o‘rinda hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman. Narxlarni jilovlash tadbirkorlarga mahsulotini majburlab arzon narxlarda sottirish hisobidan bo‘lmasligi kerak.Bu ishlar faqat va faqat takroriy ekinlarni ko‘paytirish va mahsulot hajmini oshirish orqali taʼminlanishi shart, dedi davlat rahbari.

«Kursiv» Fitch prognozlari bo’yicha inlyatsiya darajasi 10% tashkil qilishini xabar bergan edi.