O’zbekistonda kartoshka yetishtirish hajmi 3,3 %ga oshgan

eʼlon qilindi
Respublika bo’yicha eng koʻp hosil Samarqand viloyatida yig’ib olingan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida mamlakat barcha toifadagi xoʻjaliklari tomonidan qariyb 1,7 mln tonna kartoshka yetishtirilgan. 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda bu koʻrsatkich 3,3 %ga oshgan.

Manba: Pexels.com

Kartoshka yetishtirish boʻyicha hududlar oʻrtasida Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – umumiy yetishtirilgan hosil hajmining 18,5% bu hudud hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, Surxondaryo (13,5 %), Fargʻona (12,0 %), Andijon (11,2 %) va Buxoro (10,2 %) viloyatlarida ham yuqori ulush qayd etilgan, eng past koʻrsatkichlar esa Jizzax viloyati (0,7 %) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (1,7 %) kuzatildi.

«Kursiv» O‘zbekiston Qozog‘istonga 20 yil ichida misli ko‘rilmagan hajmda kartoshka yetkazib bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek