Rossiyaning Oyga birinchi missiyasi boshlandi

eʼlon qilindi
Avtomatik stansiya 21-avgust kuni Yer sun’iy yo‘ldoshiga qo‘nadi

Rossiya juma kuni kechqurun Luna-25 avtomatik stansiyasini ishga tushirdi. Bu mamlakatning zamonaviy tarixida Yer sun’iy yo‘ldoshiga birinchi parvozdir, deb xabar berdi «TASS» axborot agentligi.

Foto: TASS

Stansiya «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketasida «Vostochniy» kosmodromidan Toshkent vaqti bilan soat 04:10 da uchirildi. 06:33 da Roskosmos apparat nazoratga olingani haqida xabar berdi.

«Luna-25» sun’iy yo‘ldosh orbitasiga 16-avgustda chiqishi kutilmoqda, qo‘nish 21-avgustga rejalashtirilgan.

Reuters, o‘z navbatida, stansiya Oyning janubiy qutbiga qo‘nishi kerakligi haqida xabar berdi. Bu mintaqada muz shaklida suv konlari borligiga ishoniladi. Ularning izlarini o‘tmishda Amerika kosmik agentligi NASA mutaxassislari topgan.

Rossiyaning Luna 25 missiyasi 1976-yildan beri birinchi bo‘ldi. O‘tgan oy Hindiston Yer sun’iy yo‘ldoshiga apparat uchirdi.

«Kursiv» 2019-yilda O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashkil etililgani haqida yozgan edi.

Shuningdek