South China Morning Post: «O‘zbekistonning islohotlari va iqtisodiy ambitsiyalari Xitoy sarmoyasi hisobiga turtki bo‘lmoqda» – Shavkat Mirziyoyevning prezidentlikka qayta saylanishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, dedi Moskva davlat universiteti tarix fanlari nomzodi Mixail Karpov.
Maqolada Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi qariyb 11 milliard dollarga yetgani qayd etilgan.
Crypto News: «O‘zbekiston kriptoservisga faoliyat yuritish uchun litsenziya berdi» – O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov X (sobiq Twitter)da Paynetning «qizi» Paynet Crypto mamlakatda faoliyat yuritish uchun litsenziya olganini ma’lum qildi.
Azernews: «O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar inventarizatsiyasi reytingida o‘z o‘rnini yaxshiladi» – O‘zbekiston 202- yil uchun ochiq ma’lumotlar inventarizatsiyasi (ODIN) reytingida o‘n pog‘onaga ko‘tarilib, 30-o‘rinni egalladi.
TASS: «O‘zbekistonda ichki ishlar vazirligi giyohvandlarni majburiy davolashga yuborish huquqini qo‘lga kiritdi» – O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari giyohvand moddalarga qaram bo‘lganlarni majburiy davolashga yuborish huquqini oldi.
«RIA Novosti»: «Rossiya MDH davlatlari o‘yinlarida oltinchi medal kunida 24 ta sovrinni qo‘lga kiritdi» – O‘zbekiston terma jamoasi MDH davlatlari o‘yinlarining umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni saqlab qolishda davom etmoqda. Terma jamoa hisobida 54 ta medal bor.