Gaz va issiq suv ta’minoti to’xtatiladi!
«Hududgaz Poytaxt» filiali hududidagi 3-IM qozonxonasida 14-avgust kuni gaz ta’minoti o’chiriladi, xabar beradi «Veolia Energy» kompaniyasi rasmiy kanalida.
«Veolia Energy»ning asosiy issiqlik energiyasini yetkazib beruvchisi («Toshkent issiqlik markazi» MChJ) 3-IM issiqlik markazi ta’minotidan vaqtincha uziladi. O’chirilish Hududgaz Poytaxt yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari bilan bog’liq bo’lib, 14-avgust kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha amalga oshiriladi.
Issiq suvni o’chirish quyidagi hududlar va joylarga ta’sir qiladi:
Shayxontohur tumani: Chorsu, Qoratosh, Beshyog’och, Xuvaydo, Anxor Sohili massivlari, Zarqaynar kochasi, S-10, 11, 13, 14, 26, 27 va 28.
Olmazor tumani: B1, B2, B-3, Niyozov, Beruni maydoni, Talabalar shaharchasi, Hamidxonov, Qoraqamish 2/1.
Chilonzor tumani: Olmazor, Turob to’la va Abay massivlari.
Gaz ta’minoti qayta tiklangandan va 3-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so’ng issiq suv ta’minoti tiklanadi.
Biroz avval poytaxtning qaysi tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.