Belarusda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa davomida 106 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
MDH davlatlari oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza medali bilan taqdirlandi. Mukofotlar soni bo‘yicha O‘zbekiston musobaqaga mezbonlik qilgan Rossiya va Belarusdan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘yinlar davomida jami 20 ta sport turi bo‘yicha 246 ta medallar qo‘yildi. Musobaqada MDH davlatlaridan tashqari 13 ta davlat vakillari ishtirok etdi.
Belarusdagi musobaqalar MDH davlatlarining ikkinchi o’yinlariga aylandi. Uchinchisi 2025 yilda Ozarbayjonda bo’lib o’tadi.
«Kursiv» O‘zbekiston bokschilari MDH davlatlari o‘yinlarida yettita oltin medal qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.