Tesla Xitoyda elektromobillar narxini pasaytirdi
Ilon Maskning Tesla kompaniyasi xitoylik xaridorlar uchun ikkita eng qimmat Model Y elektromobilining narxini pasaytirdi. Bloomberg xabariga ko’ra, O’rta Qirollikka yetkazib berish hajmining pasayishi tufayli shunday qaror qabul qilingan.
Shunday qilib, Model Y Long-Range va Performance narxi arzonlashdi: mos ravishda 299 900 yuanga (41,4 ming dollar) va 349 900 yuanga (48,4 ming dollar) qadar. Narxlar taxminan 14 ming yuanga (1,9 ming dollar) arzonlashdi. Nashrning qayd etishicha, bu rekord darajadagi past narxlardir.
Tesla bu qarorni Xitoyga elektromobillar yetkazib berishning qisqarishi fonida qabul qildi: ular 31 foizga kamaydi. Bu 2023 yildagi eng past darajadir. Bu haqda avvalroq «Kursiv» xabar bergan edi.
Tesla elektromobillar va elektr energiyasini saqlash yechimlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Kompaniya dunyodagi eng boy odamlardan biri Ilon Maskga tegishli.