Tramp Baydenni mag‘lub etishiga deyarli 100% amin
Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yilgi saylovlarda amaldagi davlat rahbari Jo Baydenni mag‘lub etish borasida qat’iy. Tramp yetakchilik imkoniyatlarini 100 foizga yaqin baholamoqda. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
AQShning sobiq prezidenti AQShning Ayova shtatidagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida Bayden ustidan g‘alaba qozonishini bashorat qilgan edi.
Tadbirda prezidentlikka yana bir nomzod, Florida gubernatori Ron DeSantis ham ishtirok etdi. U Respublikachilar partiyasidan nomzod maqomi uchun Trampning raqibi. Trampning o‘zi ham DeSantisning partiyadagi yetakchiligiga qarshi chiqa olmasligiga ishonadi.
«Kursiv»ning yozishicha, AQShda Trampga qarshi bir necha sud jarayonlari mavjud. Mamlakatning sobiq prezidenti unga 561 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkinligini aytdi. U jarayonni siyosiy deb atadi.