UzAuto Motors yangi avtomobillarni kutish vaqtini qisqartiradi
eʼlon qilindi
2024 yil uchun kontraktatsiyasi boshlanishini keyinroq e'lon qiladi
UzAuto Motors zavodlarining ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiq joriy yilning 4-avgust kunidan boshlab deyarli 51 mingga yaqin Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarga to’lov amalga oshirildi. Bu haqida kompaniya rasmiy kanalida axborot berildi.

Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga asosan savdo tizmini joriy etganligi sabab, tuzilgan shartnomalar bo’yicha barcha avtomobillar 2023-yilda o’z egalariga topshiriladi. 2024 yildan boshlab kutish muddati 3 oydan oshmaydi. Shu bois kompaniya 2024 yil uchun kontraktatsiyasi boshlanishini keyinroq e’lon qiladi.
Avvalroq 2023-yilning birinchi olti oyida UzAuto Motors 49,4 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilini ishlab chiqarganligi haqida xabar berilgan edi.