Fuqarolar quyosh panellari uchun qancha millionlab subsidiyalar olishdi

eʼlon qilindi
Fuqarolarga 348 mln soʻm subsidiya hisoblangan

Soliq qo‘mitasining axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 967 nafar jismoniy shaxslarga aprel-iyul oylari uchun quyosh panelida ishlab chiqarilib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan.  

Foto: Pixabay

Tizimdan isteʼmol qilingan elektr energiyasi oʻrtasidagi ijobiy tafovut (348 ming kVt/soat) dan kelib chiqib 348 mln soʻm subsidiya hisoblangan va toʻlov uchun tasdiqlandi.

Xabarga ko‘ra, Subsidiyaning eng katta qismi 103,6 mln so‘m bilan qoraqalpog‘istonliklar uchun hisoblangan. Undan keyingi o‘rinlardan Xorazm viloyati (70,5 mln so‘m) Toshkent shahri  (35,6 mln so‘m), Jizzax (30,9 mln so‘m) hamda Navoiy (27,8 mln so‘m) viloyatlari joy olishgan.

Aytish kerakki, Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasining  «Keshbek» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qaroriga asosan joriy yil 1-apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 soʻmdan subsidiya ajratilishi belgilangan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Energetika vazirligi 2026-yilgacha 25 ta elektr stansiyasi ishga tushirilishi haqida ma’lum qilgan.

Shuningdek