Hindiston, Polsha, Malayziya aviakompaniyalari O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi
Hindistonning «IndiGo», Polshaning «LOT Polish Airlines» va Malayziyaning «Malindo Airvays» aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruhsatnoma oldi, deb xabar beradi Aviatsiya agentligi.
Xabarda yozilishicha, ushbu kompaniyalar O‘zbekiston va tegishli davlatlar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnomalar berilgan. Bular:
Hindistonning «IndiGo» aviakompaniyasiga Dexli – Toshkent-Dexli yo‘nalishi;
Polshaning «LOT Polish Airlines» aviakompaniyasiga Varshava- Toshkent-Varshava yo‘nalishi;
Malayziyaning «Malindo Airvays» aviakompaniyasiga Kuala Lumpur – Toshkent-Kuala Lumpur yo‘nalishi.
Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airports: yo‘lovchi tashish 35 foizga oshgani haqida yozgan edi.