O’zagroeksportbank qanday nomda bo’ladi
eʼlon qilindi
Bank rebrending qiladi
«O‘zagroeksportbank» rebrending va nomini «AVO bank»ga o‘zgartiradi. Bu haqida Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlarida keltirilgan.
«O‘zagroeksportbank»ning yangi nomi – AVO bank.
2023-yil fevral oyi oxirida «O‘zagroeksportbank» xususiy qo‘llarga o‘tdi. Moliyaviy institutning egasi Support Level kompaniyasi bo’lib, uni 5 million dollarga sotib oldi.
Eslatib o’tamiz, fevral oyining boshida bank eng muammoli bo’lib, kreditlarning deyarli 97 foizi ishlamagan.
Avvalroq, «Kursiv» avgust oyi o‘rtalarida birja «Hamkorbank» aksiyalari savdosini to‘xtatganini yozgan edi.