Yangiliklar

O‘zbekistonning qaysi viloyatida ko‘proq go‘sht yetishtiriladi

O‘zbekistonda yarim yilda 1,3 mln tonna go‘sht yetishtirilgan

2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 1,3 mln tonna go‘sht yetishtirilgan, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Foto: pexels.com / Mali maeder

2022-yilning shu davri bilan solishtirganda ko‘rsatkichning 3,8 %ga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

Hududlar kesimida go‘sht yetishtirish hajmi bo‘yicha yetkazib berishda kuchli viloyatlar: Toshkent viloyati – 153,3 ming tonna, Qashqadaryo viloyati – 146,5 ming tonna, Samarqand  viloyati – 145,1 ming tonna.

Xabarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston – 41,9 ming tonna va Sirdaryo viloyati – 34,6 ming tonna bilan eng kam go‘sht yetishtirgan.

Avvalroq, «Kursiv» Kanadaliklar go‘sht sifatini kuzatadigan qadoqlashni o‘ylab topgani haqida yozgan edi.  
Bundan tashqari, O‘zbekiston bozori YeOII go‘shtiga tayyor ekanligi haqida yozgan edik.