Shveytsariya 2030, 2034 yoki 2038 yillarda qishki Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qilmoqchi
Shveysariya Olimpiya qoʻmitasi 2030-yillarda qishki Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish niyatida, xabar qildi qoʻmita matbuot xizmati.

Shveytsariya Olimpiadani an’anaviy tarzda bir shaharda tashkil etishdan voz kechib, mamlakatning turli shaharlarida musobaqalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, aholi oʻrtasida oʻyinlarni oʻtkazishga yangicha yondashuv boʻyicha fikr-mulohazalari yuzasidan soʻrov oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shartlarni ko’rib chiqish 2023 yil noyabrigacha yakunlanadi.
Keyingi qishki Olimpiya o’yinlari Italiyada – Milan va Kortina-d’Ampezzo shaharlarida 2026 yilning 6 fevralidan 22 fevraliga qadar bo’lib o’tadi.
Avvalroq, Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sababli 2023-yilga qoldirilgani haqida xabar berilgandi. Musobaqalar 23 sentabrdan 8 oktyabrgacha bo’lib o’tadi.