Tesla AQShda elektromobillar narxini pasaytirdi
Tesla yangilangan Model X va S elektromobillarini AQSh bozoriga chiqarishini e’lon qildi. Ularning narxi ushbu modellarning boshqa versiyalaridan past bo’ladi, xabar berdi Reuters.

Elektromobillarning yangi liniyasi mos ravishda 88,4 ming va 78,4 ming dollarga baholandi. Model X ning oldingi versiyalarining narxi 98,4 ming dollardan, Model Sning narxi 88,4 ming dollardan boshlangan.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi avvalroq Xitoyda mahsulotlar narxini qariyb 2000 dollarga pasaytirgan edi. Model Y Long-Range and Performance narxi pasaytirilgan edi.
2022-yil oxiridan beri Tesla AQSh, Xitoy va boshqa bozorlarda narxlarni bir necha bor pasaytirdi, deya qayd etdi Reuters. 2023-yilning ikkinchi choragida kompaniya 19,2 ming Model X va S elektromobillarini ishlab chiqardi.
Avvalroq, «Kursiv» iyul oyida Xitoyda ishlab chiqarilgan Tesla avtomobillarining sotuvi deyarli uchdan biriga qisqarganini yozgan edi.