O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi oshdi

eʼlon qilindi
Bu sohada 34 mingdan ortiq tashkilot ishlamoqda

Oʻzbekistonda bir yil davomida qurilish ishlari hajmi qariyb 5 foizga oshdi, deb xabar qildi Prezident huzuridagi Statistika agentligi.

Foto: Unsplash

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda jami 68,1 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizga ko‘pdir.

2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi 34 mingdan ortiq tashkilot mavjud.

«Kursiv» bu yil O‘zbekistonda «Yangi Toshkent» keng ko‘lamli qurilish loyihasi e’lon qilinganini yozdi. Uning doirasida birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan uy-joylar, o‘nlab ta’lim muassasalari quriladi.

Qurilish rejalarini ishlab chiqishda xalqaro kompaniyalar jalb qilindi.

Shuningdek