Buxoro vazirlarining bosh arxivi YUNESKOning Jahon xotirasi reyestriga kirdi
YUNESKO O‘zbekistonning ikkita tarixiy hujjatini «Jahon xotirasi» reyestriga kiritdi: «Buxoro amirligi qushbegilar mahkamasining arxiv fondi» va «Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari». Bu haqdagi qaror maxsus muassasa Ijroiya kengashining 216-yig‘ilishida qabul qilindi.
Bugungi kunda «Buxoro amirligi qushbegilar mahkamasining arxiv fondi» Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanadi va Buxoro hukmdorlarining eng yirik arxivi hisoblanadi. To‘plamda Markaziy Osiyoning hozirgi davlatlari, jumladan, O‘zbekiston hududida ikki asrdan ortiq vaqt davomida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar tasvirlangan.
«Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari» O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi al-Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi va shoir, faylasuf va olimning to‘liq asarlari to‘plamidir.
«Dunyo xotirasi» – 1992-yilda tashkil etilgan YUNESKO dasturi boʻlib, jahon hujjatli merosini asrab-avaylashga qaratilgan.