OpenAI sobiq Meta xodimlarining startapini sotib oldi
ChatGPT dasturchisi, Amerikaning OpenAI kompaniyasi Global Illumination startapini sotib oldi. U Meta kompaniyasining odamlari tomonidan asos solingan va raqamli mahsulotlarga ixtisoslashgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

«Butun jamoa (Global Illumination – Tahr.) bizning asosiy mahsulotlarimiz, jumladan ChatGPT ustida ishlashda OpenAIga qo’shiladi», deyiladi OpenAI bayonotida.
Global Illuminationni sotib olish OpenAI ning ommaga ma’lum boʻlgan birinchi xaridi boʻldi. Bitimning moliyaviy shartlari oshkor etilmagan.
OpenAI — amerikalik mashinalarni oʻrganish texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya asoschilaridan biri tadbirkor Ilon Maskdir.
OpenAI ishlanmalariga quyidagilar kiradi: tabiiy til soʻrovlarini qoʻllab-quvvatlaydigan sun’iy intellekt (AI) chatboti, ChatGPT; ingliz tilidagi matn tavsiflaridan yuqori sifatli tasvirlarni yaratishga qodir DALL-E neyron tarmogʻi; Tabiiy tilni tahlil qiluvchi va javob sifatida kod ishlab chiqaradigan Codex AI modeli.
Global Illumination kompaniyasi 2021-yilda Meta kompaniyasining sobiq xodimlari Tomas Dimson, Teylor Gordon va Joi Flinn tomonidan asos solingan. Kompaniya koʻp oʻyinchi Biomes oʻyinini ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan.