Yangiliklar

O‘zbekiston zargarlari Ozarbayjonda savdo hajmini kengaytirmoqchi

Endilikda Ozarbayjonda joylashgan savdo markazlarida “Made in Uzbekistan” stendi bilan o‘zbek zargarlik brendlari taqdimoti o‘tkaziladi

«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi delegatsiyasi Boku shahrida xizmat safarida bo‘ldi, deb xabar berdi tashkilotning axborot xizmati. Ozarbayjon zargarlar uyushmasi vakillari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari muhokama qilindi.

Foto: Sofizar

Bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv doirasida tashkilotlar istiqbolli loyihalar va rejalar muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida Ozarbayjon ishlab chiqaruvchilari uchun xomashyo sifatida o‘zbek oltinining mavjudligi eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, Ozarbayjon-O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokida qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va uchinchi davlatlarga eksport qilish rejalar muhokama qilindi.

Tashkilotlar O‘zbekistonda joylashgan savdo markazlarida «Made in Azerbaijan» stendiga ega Ozarbayjon zargarlik brendlari taqdimotini o‘tkazishga kelishib oldilar. Xuddi shunday tadbir «Made in Uzbekistan» stendi bilan Ozarbayjonda ham bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, «Kursiv» Biznes emas, tilla! O’zbek zargarlari qanday qilib 2023-yilda ishlab chiqarish hajmini 70 % oshirmoqchiligi haqida xabar bergandi.