Iyul oyida O‘zbekiston Speedtest Global Index mobil internet tezligi reytingida besh pog‘onani yo‘qotdi. Respublika 143 ta qatordan 112-o‘rinni egalladi. Telefonlar orqali yuklab olish tezligi 20,33 Mb/s.
Markaziy Osiyoda mamlakatimiz mobil ma’lumotlarni yuklab olish tezligi bo‘yicha Qozog‘iston (64-o‘rin) va Qirg‘izistondan (84-o‘rin) orqada, faqat Tojikistondan (137-o‘rin) ortda qolmoqda.
BAA (205,77 Mb/s), Qatar (186,35 Mb/s) va Quvaytda (160,87 Mb/s) eng tez mobil internet. Statsionar internet bo‘yicha Singapur (247,44 Mb/s), Gonkong (242,99 Mb/s) va Chili (240,34 Mb/s) yetakchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda keng polosali internetning o‘rtacha tezligi 21,67 Mbit/s ni tashkil qilgani xabar qilingandi.