O‘zbekistonda rossiyaliklar uchun mehmonxona bron qilish 50 foizga oshdi
2023-yilning sentabr-oktyabr oylarida rossiyaliklar uchun o‘zbek mehmonxonalarida bir kechaga xona bron qilish 5 ming rublni tashkil etdi, bu bir yil avvalgidan 50 foizga ko‘p, deb yozadi «Kommersant».

Joriy mavsumda Rossiyadan O‘zbekistonga aviachiptaning o‘rtacha narxi 3,5 million so‘mga baholanmoqda, bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 25,3 foizga qimmat.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasidagi umumiy chiptalar savdosining 7,99% gacha mamlakatimiz hissasiga to’g’ri keladi. Qozog’istonda esa – 5,64%.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga 3,1 million sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, shundan 345 ming nafari Rossiya Federatsiyasidan kelgan mehmonlardir.
Avvalroq «Kursiv» Rossiyadan O‘zbekistonga sayohatlar narxi tarixiy maksimal darajaga yetganini yozgan edi.