Samarqand viloyatida Qizil kitobga kiritilgan qora kalxat turar-joy binosiga uchib kirdi. Fuqaro viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qildi.
Voqea Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan. Ekologlar kalxatning qanoti shikastlanganini aniqladi. Qush tibbiy yordam oldi.
Yirtqich kalxat Zarafshon milliy tabiat bog‘iga yetkazildi. Tekshiruvdan so‘ng u tabiatga qo‘yib yuboriladi.
Oldinroq, «Kursiv» Qizilqum cho‘lida 600 ta noyob go‘zal tumaloqlar tabiatga qo‘yib yuborilgani haqida yozgan edi.