Yangiliklar

Afg’onlar Tolibondan maktab va universitetlarni qayta ochishga undamoqda

Bu haqda TOLONews portali xabar bermoqda

Afg‘onistonlik talaba va o‘qituvchilar Tolibonni mamlakatda qizlar va ayollar uchun ta’lim muassasalari ochishga chaqirdi. Bu haqda TOLONews portali xabar bermoqda.

Foto: Pixabay

«Ijtimoiy tarmoqlarda qizlar uchun maktab va universitetlar ochilishi haqida xabarlar bor edi, lekin bu sodir boʻlmadi, maktablarning yopilishi mamlakatimiz uchun foydali emas», – deydi talaba Faxima.

Shu kungacha Tolibon afg‘on ayollarining maktab va universitetlarda qayta tahsil olishi mumkinligi haqida hozircha izoh bermagan. Biroq, yana hokimiyatga kelganidan so’ng, Tolibon 11-12 yoshli qizlarga o’qishga ruxsat berishni rejalashtirganini e’lon qildi.

Avgust oyida Afg‘oniston hukumati olti viloyatda jurnalistlarni hibsga oldi. Ular orasida qizlarni tarbiyalash harakati faoli Matiulla Vesa ham bor.

Afg‘onistonda Tolibon ayollarga nisbatan qo‘ygan boshqa taqiqlar qatorida go‘zallik salonlarini yopish, jamoat joylariga borish ham bor.

Avvalroq «Kursiv» Termizda 111 nafar afg‘on bakalavriat diplomini olgani haqida yozgan edi.