Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 17-iyuldan 13-avgustgacha bo‘lgan davrda 1,4 milliondan ortiq odam COVID-19 bilan kasallanganligini ma’lum qildi. Bu avvalgi 28 kunga nisbatan 63 foizga ko‘pdir.
17-iyuldan 13-avgustgacha 2,3 mingdan ortiq bemor yangi koronavirus infeksiyasi bilan vafot etdi. JSST COVID-19 ni aholi salomatligiga tahdid deb hisoblashda davom etmoqda.
Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, omiron-koronavirusning EG.5 varianti butun dunyo boʻylab tarqalmoqda. U allaqachon 50 mamlakatda topilgan.
«Kursiv» may oyi boshida JSST COVID-19 pandemiyasining tugashini e’lon qilgani haqida yozgan edi.