Yangiliklar

“Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantiriladi

Yangi bankning faoliyati ham, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlari ham boshqacha – yangicha bo‘ladi.

«Qishloq qurilish bank» «Biznesni rivojlantirish banki»ga aylantiriladi. Bank huzurida har bir hududda jami 14 ta kichik biznes markazlari tashkil etiladi, xabar beradi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Manba: Prezident matbuot xizmati

Markazlar tashabbuskorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi, o‘z hisobidan yangi loyiha qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarni o‘qitadi, yangi loyihalarga zarur mutaxassislarni jalb qiladi, tadbirkorlar uchun buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari bank huzurida har bir hududda jami 14 ta kichik biznes markazlari tashkil etiladi. Markazlar tashabbuskorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi, o‘z hisobidan yangi loyiha qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarni o‘qitadi, yangi loyihalarga zarur mutaxassislarni jalb qiladi, tadbirkorlar uchun buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

«Kursiv» ITFC O‘zbekiston banklariga 25 million dollar ajratishi haqida yozgan edi.