O‘zbekistondagi qaysi banklarda naqd pul olish uchun komissiya eng past
eʼlon qilindi
Uchta bankda foiz tushirildi
O‘zbekistonda yana bitta xususiy bank bankomatda pul yechib olish narxini tushirdi, deb xabar bermoqda Bank.uz Telegram kanali.
Bir necha yil oldin bankomatlar orqali naqd pul olinganda foiz to‘lovini chegaralash haqida petitsiya eʼlon qilingan edi. Bundan 3 yil o‘tib, bugun uchinchi bank (Davr Bank) ham bankomatlar orqali pul yechishdagi foizni tushirdi.
Bankomatlardan pul yechishdagi komissiya foizini tushirgan banklar: Davr Bank – 0,5 %, Asia Alliance Bank – 0,6%, Garant bank – 0,7%.
Aytib o‘tish kerakki, yuqoridagi foizlar faqat shu banklarning mijozlari uchun amal qiladi.
Avvalroq, «Kursiv» Kuba kompaniyalar uchun naqd pul operatsiyalarini cheklagani va bankomatlardan foydalanishni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.