O‘zbekistonda yana bitta xususiy bank bankomatda pul yechib olish narxini tushirdi, deb xabar bermoqda Bank.uz Telegram kanali.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/08/6m6a8061-1-1024x683.jpg)
Bir necha yil oldin bankomatlar orqali naqd pul olinganda foiz to‘lovini chegaralash haqida petitsiya eʼlon qilingan edi. Bundan 3 yil o‘tib, bugun uchinchi bank (Davr Bank) ham bankomatlar orqali pul yechishdagi foizni tushirdi.
Bankomatlardan pul yechishdagi komissiya foizini tushirgan banklar: Davr Bank – 0,5 %, Asia Alliance Bank – 0,6%, Garant bank – 0,7%.
Aytib o‘tish kerakki, yuqoridagi foizlar faqat shu banklarning mijozlari uchun amal qiladi.
Avvalroq, «Kursiv» Kuba kompaniyalar uchun naqd pul operatsiyalarini cheklagani va bankomatlardan foydalanishni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.