Tashqi savdo hajmi qancha
eʼlon qilindi
Statistika agentligi maʼlumotiga ko‘ra
2023-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 34,9 mlrd AQSH dollaridan oshdi, deb xabar bermoqda statistika agentligi.
Xabarga ko‘ra, Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 23,3 % ga oshgan.
Bunda eksport 14,9 mlrd bo‘lib, mahsulotlar 12 mlrd va xizmatlar 2,9 mlrd ni tashkil qiladi.
Importda esa mahsulotlar 20 mlrd bo‘lib, mahsulotlar 18,8 mlrd va xizmatlar 1,2 mlrd ni tashkil etiladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston eksportchilarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirishi haqida yozgan edi.