Seshanba kuni Saudiya Arabistoni bo‘ylab kuchli yomg‘ir to‘lqini momaqaldiroq va bo‘ronli shamollar bilan o‘tdi. Asosiy zarbani Makka va Jidda shaharlari oldi. Bu haqda Gulf News portali yozgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘fon aks etgan videolar tarqalmoqda. Shamol shunchalik kuchli ediki, odamlar oyoqqa zo’rg’a turishdi, plastik to’siqlar havoga ko’tarildi.
Seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi mamlakatdagi keskin ob-havo sharoiti haqida ogohlantirdi.
«Kursiv»ning yozishicha, avgust oyi boshida O‘zgidromet O‘zbekistonning tog‘oldi hududlarida sel va toshqinlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.