Muomaladagi bank kartalari soni rekord darajaga yetdi

eʼlon qilindi
Yil boshidan kartalar soni 5 mln taga oshgan

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra muomaladagi bank kartalari soni 34,2 mln donani tashkil etgan bo‘lsa, 1 avgustga ularning soni 39,48 mln tani tashkil etadi (+15,4%).

Manba: Pexels

Xalq banki muomaladagi eng ko’p kartalarga ega (8,4 mln dona). Eng kam muomaladagi bank kartasi esa yaqinda paydo bo‘lgan Hayot bank hisobiga (64) to’gti kelmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning yana bir banki naqd pul chiqarish uchun komissiyani pasaytirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek