Yevropada gaz narxi oshdi

eʼlon qilindi
gaz
Avstraliyada ish tashlashlari kutilayotgan bir paytda Yevropada gaz narxi 500 dollargacha ko‘tarildi

Iyun oyidan buyon birinchi marta Yevropada gaz narxi 1000 kub metr uchun 500 dollardan oshdi. Avstraliyadagi ish tashlashlar sabab, suyultirilgan gazning jahon eksportiga taʼsir qilishi mumkin.

Foto: Pexels.com

Londonning ISE birjasi maʼlumotlariga tayanib, Yevropada 15 iyundan beri birinchi marta gazning birja narxi ming kub metr uchun 500 dollardan oshdi va deyarli 9 foizga o‘sdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Sentyabr (eng yaqin) fyucherslari (Yevropadagi eng yirik markaz, Niderlandiyada joylashgan) har ming kub metr uchun 451,2 dollar (-1,8%) da savdolarni ochdi, TTF indeksi ko‘ra.

Kecha Toshkent vaqti bilan 13:10 holatiga ko‘ra, ularning narxi $500,3 (+8,8%). Kotirovkalar dinamikasi oldingi savdo kunidagi hisob-kitob narxiga har ming kubometr uchun $459,6 bo‘lgan.

Avstraliyadagi LNG zavodi ishchilarining ish tashlashlari narxlarning o‘sishiga sabab bo‘lgan. Reyters agentligining yakshanba kuni xabar berishicha, Voodside Energy Group kompaniyasining gaz platformalaridagi Avstraliya kasaba uyushmalari 2-sentyabr kuni ish tashlash rejalarini eʼlon qilishgan. Buning oqibatida suyultirilgan gaz eksportining 10 foizini yetkazib berishda uzilishlarga olib kelishi mumkin.

Avvarlroq «Kursiv» Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston gaz ittifoqi uch tomonlama boʻlishni toʻxtatishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek