Mirziyoyev va Aliyev Ozarbayjonning Fizuli shahrida maktab ochdilar

eʼlon qilindi
Ta’lim muassasasi 960 o‘quvchiga mo‘ljallangan

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev Fuzuli (Qorabog‘) shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-maktabni ochdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Ochilish marosimida davlat rahbarlarining rafiqalari Ziroatxon Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva ham ishtirok etdi.

Ta’lim muassasasi O‘zbekiston tomoni tomonidan qurilgan. Maktab 960 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Shuningdek, 40 o‘quv xonasi, oltita laboratoriya, ikkita informatika xonasi, 500 o‘rinli majlislar zali, sport zali, 320 o‘rinli oshxona, kutubxona mavjud.

«Biz O‘zbekiston Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyevdan va uning timsolida O‘zbekiston xalqidan bu ajoyib maktabni qurib, bizga bergani uchun minnatdormiz. Janob Mirziyoyevdan fizuliliklarning o‘z xalqiga, o‘zbek xalqiga minnatdorchilik bildirishini so‘raymiz», — dedi maktab direktori Xajar Mahmudova.

O‘zbekiston rahbari ta’lim muassasasini ikki davlat o‘rtasidagi samimiy do‘stlik yodgorligi, deb atadi.

Ikki davlat rahbarlari shahar aholisi bilan ham uchrashib, ularga yangi xonadonlar kaliti topshirildi. Mirziyoyev ularni uy bilan tabrikladi.

Avvalroq Kursiv Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek