O‘quv yili boshlanishi bilan metro poyezdlari tez-tez harakatlanadi
eʼlon qilindi
Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar har 1,5 daqiqada yetib boradi
O‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent metropoliteni poyezdlar orasidagi intervallarni qisqartiradi, xabar berdi O‘zA.
«Chilonzor» yo‘nalishida pik soatlarda poyezdlarni kutish vaqti 1,5 daqiqagacha, «O‘zbekiston» yo‘nalishida 3-3,5 daqiqagacha, Yunusobod yo‘nalishida esa 5 daqiqagacha qisqartiriladi.
Eslatib oʻtamiz, 4-sentabrdan boshlab shaharda avtobuslar soni ham koʻpayadi — 1464 tadan 1550 taga. Bundan tashqari, tirbandlikni kamaytirish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi metro bekatlari yaqinida joylashgan 31 ta oliy oʻquv yurtining ish tartibiga oʻzgartirish kiritdi.