O‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent shahrida avtobuslar soni qariyb yuztaga ko‘payadi
eʼlon qilindi
Reyslar soni ham ortadi
Toshkent shahrining avtobus parki sentabr oyida yangi texnika bilan to‘ldiriladi. Avtobuslar soni 1464 tadan 1550 taga koʻpayadi, deb xabar berdi OʻzA.
Shuningdek, kunlik reyslar sonini qariyb mingtaga – 21,7 mingtadan 22,8 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.
Avvalroq, 2023-yil oxirigacha Xorazm viloyatiga 100 ta avtobus olib kelinishi xabar qilingan edi. Shartnoma Bunyodyobus Holding Co tashuvchi kompaniyasi va Xitoyning Zhongtong Bus Holding Co.,Ltd kompaniyasi tomonidan imzolandi. Tranzaksiya summasi noma’lum.